Page 3

Rasm keltirilmagan.

— Jonginam, ipni tort, eshik ochiladi! — debdi. Bo'ri ipni tortibdi, eshik ochilibdi.Bo'ri chopib borib, kampirni bir yamlab yutib yuboribdi. Keyin eshikni yopib, kampirning o'rniga yotib, burkanib olibdi-da, qizil Shapkachani kuta boshlabdi. Tezda qizil Shapkacha kelib, eshikni taqillatibdi: — Taq-taq! Qizil Shapkacha uyga kirib, karovat yoniga kelibdi-da: — Voy, buvijon, qo'llaringiz muncha uzun?! — deb so'rabdi. — Seni mahkam quchoqlash uchun, bolaginam, — debdi Bo'ri. — Buvijon, quloqlaringiz muncha katta? — debdi qizil Shapkacha. — Gaplaringni yaxshiroq eshitish uchun, jonginam, — debdi Bo'ri.

Previous page

Last page

Main