Page 4

rasm tushirib qoltirilgan.

Lekin kampir Qimmatga ot, arava bermabdi, u sandiqni orqalagancha, uyiga piyoda ketibdi. Qimmatni qaytayotganini olapar itlari sezibdi. It jahldor kampirni oldiga borib: Vov, vov, vov! Opam kelayotir! Ilon tola sandiqni orqalab kelayotir, — deb vovullabdi. Kampir g‘azablanib, tayoqcha bilan itni urib, oyog‘ini sindiribdi. Mening aqlli qizim kelyapti, qimmatbaho mollar keltiryapti, — o‘zida yo‘q xursand emish kampir. Qimmat uyiga zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yetib kelibdi. Qo‘shnilar yig‘ilibdi. Qimmat onasi bilan sandiqni ochmaslik uchun ustiga o‘tirib olishibdi. Kechqurun sandiqni ichkari xonaga olib kirib, eshiklarni mahkam yopishibdi-da sandiqni ochishibdi-yu, “Voy, dod, qutqaringlar! Ajdar! Yordam beringlar!” — deb baqirishga tushishibdi. Sandiqdan ikkita kattakon ajdar chiqib kampir bilan qizni yutib. derazadan chiqib ketishibdi. “Dod-voy!”ni eshitib qo‘ni-qo‘shnilar yordam berish uchun yig‘lishibdi, eshikni buzishib ichkariga kirishsa, kampir ham, qizi ham yo‘q emish. Rosa qidirishibdi, topisholmabdi. Chol Zumrad qizi bilan shod-xurram yashashibdi.

Previous page

Main